Milliy gvardiya qumondonligi hamda maktab direktorlari uchrashuvi o‘tkazilmoqda
Davlatimiz rahbarining Maktablardagi taʼlim-tarbiya va davomat yo‘nalishidagi ustuvor vazifalari yuzasidan Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan davomatni yaxshilash, o‘quvchilar orasida qonunbuzarliklarning oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, psixologik qo‘llab quvvatlash kabi ustuvor vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha Namangan viloyatidagi 710 ta maktablarning direktorlari bilan vedeo konferensiya orqali uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, viloyat hokimi o‘rinbosari, maktabgcha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼsullari belgilab berilgan vazifalar yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib, o‘quvchilarning darsga kelmaslik sabablarini aniqlash va ularni mashg‘ulotlarga qaytarish maqsadida tashkil etilgan “maktab – mahalla – oila” tizimiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Mahalla yettiligi va maktab maʼmuriyati bilan xamkorlikda ko‘rilgan qatʼiy choralar natijasida, bugungi kunga kelib umumiy davomat 97,1 foizga yetganligi qayd etildi.
Bundan tashqari maktablarda “Xavfsiz maktab” konsepsiyasi bo‘yicha ham yangi tizimdagi qorovullik xizmatiga ham to‘xtalib o‘tili.