Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” xizmati xodimi tomonidan firibgar qo‘lga olindi

Joriy yilning 4 aprel kuni soat 16.15 da nomaʼlum shaxs “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasining xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalyonining telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, navbatchi xodim bilan bogʻlandi. Notanish ayol oʻzini shifokor deb tanishtirdi va quyidagilarni aytdi: “Qizingiz yoʻl-transport hodisasida jarohat oldi, uni davolash uchun jarrohlik amaliyotini oʻtkazish lozim, siz zudlik bilan 20 ming AQSH dollarini topishingiz kerak”. Qoʻngʻiroqqa javob bergan “Qoʻriqlash” xizmati xodimi firibgarlar qoʻngʻiroq qilayotganini darhol anglab, firibgarni qoʻlga olish maqsadida "qizini qutqarish uchun" uchrashishga va pul berishga tayyorligini aytdi. Ayol Pokiston elchixonasi yaqinida uchrashuv tayinladi, lekin u pulni olib ketish uchun oʻzi kelmasligini, oʻrniga “Ruslan” ismli tanishini yuborishini aytdi.
20 daqiqadan soʻng, “Ruslan” xavfsizlik postining rasmiy telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, jarohatlangan qizning otasini kutayotganini aytdi. Firibgar uchrashuv belgilangan joyda xodimlar tomonidan qoʻlga olindi va Yakkasaroy tumani ichki ishlar boʻlimiga olib borildi. Fuqaroning shaxsi tekshirilganda, u aslida Chilonzor tumanida yashovchi Samandar ismli 23 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi.
Ayni paytda Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv davomida uning sherigi aniqlanadi, shuningdek, boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi tekshiriladi.
Aziz yurtdoshlar! Agar begonalar sizga qoʻngʻiroq qilib, oila aʼzolaringiz yoki doʻstlaringiz bilan baxtsiz hodisa yuz bergani va ularni qutqarish uchun pul zarurligi aytishsa, shoshilmang. Avval, oilangiz va doʻstlaringiz bilan bogʻlaning va ularning ahvoli haqida bilib oling, soʻngra firibgarlar haqida darhol huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Hushyor boʻling, firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmang.

Text to speech