Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, “4 avgust O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun!” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Tadbir, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, xususan, Harbiy prokuratura, Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari, Harbiy sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarlar va Yoshlar agentligi mutasaddi rahbarlari, shuningdek tizim faxriylari, xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni kirish so‘zida Muhtaram Prezidentimiz Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida Qurolli kuchlarimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligining ishonchli kafolatiga, chinakam jasorat va matonat maktabiga aylanganligini taʼkidlab o‘tdi.

Islohotlar jarayonida bundan yetti yil oldin, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vazifalarga ega bo‘lgan maxsus turi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganligi va 2020 yil 18 noyabrdagi “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi tizim faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqaniga alohida urg‘u berib, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizligi xizmati, Prokuratura organlari va boshqa vazirliklar va tashkilotlar bilan xamkorlikda aholi tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilib, ayniqsa, xalqimiz uchun sinovli kunlarda fidoyilik ko‘rsatib kelayotganliklarini va bundan keyin ham “Burch, Sadoqat, Jasorat” shiori ostida o‘z burchlariga sadoqatini namoyon etishlariga ishonch bildirdi.

So‘zga chiqqanlar ham Milliy gvardiya tomonidan qisqa fursatda erishilgan yutuqlar, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va boshqa tegishli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida eʼtirof etib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, Muhtaram Prezidentimizning “Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan ming-minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor” degan eʼtiroflari barchamiz uchun yuksak sharaf ekanligi taʼkidlanib, Milliy gvardiya qo‘mondoni, shuningdek hamkor vazirlik rahbarlarining buyruqlari o‘qib eshittirilgan holda tizimda fidokorona xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari munosib taqdirlandilar.

Tadbir konsert dasturlariga ulanib ketdi va barchaga birdek bayramona kayfiyat ulashdi.

Text to speech