Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida oʻtkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi va unda koʻkrak nishonlar oʻz egalariga topshirildi

Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 10 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Jizzax viloyati "Forish" dala-oʻquv maydonida Milliy gvardiya tizimida “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari oʻtkazildi.
Joriy yilda “Forish” togʻ dala-oʻquv maydonida oʻtkazilgan sinovlarda ishtirokchilar soni 30 foizga oshib, 143 nafarni tashkil etdi. Shundan, 100 nafari, yaʼni 70 foizi “Dovyurak jangchi” degan sharafli unvonga sazovor boʻldilar.
Eʼtiborlisi, bu yilgi sinovlarda ilk bor ayol harbiy xizmatchilarimiz ham ishtirok etib, sinovlarda oʻzining matonati bilan ijobiy natijalarni qayd etgan kapitan I.Asilova xizmatdoshlariga namuna koʻrsata oldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Sinovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir Milliy gvardiya Markaziy devonida tashkil etildi va unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan koʻkrak nishonlar oʻz egalariga topshirildi.

Text to speech