«Milliy Gvardiya Sport bilan hamnafas» shiori ostida sport festivali tashkil etildi.
Sport yoshlarni nafaqat sog‘lom va baquvvat qilib ulg‘aytiradi balki ularni bir yerga bir maqsad ostida birlashtiradi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishida yordam beradi.Shu maqsadda 15 dekabr kuni «Afsonalar bog‘i»da Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan «Milliy Gvardiya Sport bilan hamnafas» shiori ostida sport festivali tashkil etildi.
Tadbirdan avval ishtirokchilar «Besh ming qadam» shiori ostida birlashdilar.
Ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda uyushmagan yoshlar hamda sportga qiziqishi bo‘lgan 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha birdek ishtirok etdi.
Tadbirda sportning funksional ko‘p kurash, kamondan o‘q otish, shaxmat-shashka, stol tennisi hamda sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.