Milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasining qo‘shma majlisi bayoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi talablarini ijrosini taʼminlash hamda joriy yilning 18-22-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari - 2023” milliy tanloviga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi terma jamoasini sifatli tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash maqsadida tizimdagi ayol harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda “To‘maris izdoshlari - 2023” milliy tanlovi bo‘yicha belgilangan tartibda Milliy gvardiya terma jamoasi shakllantirilib, ular bilan o‘quv-mashq yig‘ini tashkillashtirildi. O‘quv mashqlar davomida harbiy xizmatchi va xodimlar Ak-74 va PM qurollaridan amaliy o‘q otish mashg‘uloti, Yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mashqlari, 800,400,200 va100 metrlarga yugurish, Otda yurish va ot ustida kamondan o‘q otish mashqlari, suzish va dala sharoitida taom tayyorlash bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa ishtirokchilari uchun madaniy tadbirlar tashkillashtirilib Amir Temur muzeyiga olib borilib bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tishi taʼminlandi. Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan “To‘maris izdoshlari - 2023” milliy tanlovi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoa aʼzolari munosib taqdirlandilar.