Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Yangiyoʻl shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi hamkorligida 4-sektordagi otaliqqa olingan yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.

Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayogan eʼtibor, ularning ilm olishi, kasb-hunar oʻrganishi uchun yaratilgan sharoitlar xususida soʻz yuritildi. Yoshlar bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, yoshlarni mavjud muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, Milliy gvardiya markaziy devoni masʼul ofitserlari va Yangiyoʻl shahar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan 10-sonli umumtaʼlim maktabi hududida “Men ham harbiy boʻlaman” deb nomlangan kitob taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda ishtirok etgan mazkur kitob targʻibotchilari boʻlgan harbiy fanlar doktorlari va huquqshunos olimlar ushbu kitobning yoshlarni vatanparvarlik ruhida ulgʻayishi uchun naqadar ahamiyatli ekanligini taʼkidlashdi. Ular kitobning har bir bobida voqealiklaring qanday ustalik bilan yoritilganligini soʻzlab berishdi. Kitob ustida ish olib borgan mutaxassislar manbalarning ishonchli ekanligini taʼminlash uchun buyuk sarkardalarning bosib oʻtgan yoʻllari boʻylab ekspozitsiyalar oʻtkazilganligini soʻzlab berishdi. Shuningdek, kitobning yoshlar orasida ommalashishi uchun QR koddan foydalanib, mobil qurilmalar orqali video qoʻllanmalarni tomosha qilish imkoniyatini ishga tushirishgan. Shuningdek, tadbir davomida oʻquvchilar uchun Qoʻriqlash bosh boshqarmasi ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan konsert dasturi tashkillashtirildi.
Bundan tashqari kunning ikkinchi yarmida Yangiyoʻl shahar "Lazzat" mahallasi hududida joylashgan 12-umumtaʼlim maktabida 2-sektorga qarashli mahallalarda otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari va Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli jamoasining konsert dasturlari oʻtkazildi.

Text to speech