Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONI KAMONDAN OTISH FEDERATSIYASIGA RAHBAR ETIB SAYLANDI

Bugun Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.Shoabduraxmonov, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.

Yig‘ilishda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, kamondan otish sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, bu borada aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar kamondan o‘q otish sport turi - milliy sport turi ekanligini alohida ta’kidlab, mazkur sport turiga qaratilayotgan e’tibor milliy qadriyatlarimizning tiklanishiga va bu orqali yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi, bu esa davlatimizning mazkur yo‘nalishdagi islohotlarining bosh mezoni ekanligini aytib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so‘ngra Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R.Djurayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilish so‘ngida, yangi saylangan federatsiya raisi bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 17 iyundagi Qarori talablari asosida kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining qisqacha mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, asosiy e’tibor Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli o‘rinlarni egallashiga erishishga qaratilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz Milliy gvardiya qo‘mondoni 2020 yilning sentabr oyida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi, shuningdek Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan joriy yilning avgust oyida Funksional ko‘pkurash federatsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Text to speech