Milliy gvardiya Markaziy devonida “Korrupsiya va firibgarlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik C.D Mamayusupov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh inspektori Z.K Qoʻchqarov, respublika Harbiy prokuraturasi nazorat boʻlimi prokurori adliya kapitani N.B Noraliyev hamda Milliy gvardiyaning sohaga tegishli masʼul boshqarmalari va hududlardan harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy asoslar toʻgʻrisida maʼruzachilar tomonidan atroflicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bugun korrupsiyaga qarshi kurashish uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirish, murosasiz munosabatni shakllantirish, sohalarda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, javobgarlik muqarrarligi prinsipini taʼminlash zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Seminar koʻrinishida boʻlib oʻtgan videoselektorda korrupsiyaga qarshi eng samarali choralar, korrupsiyaviy jinoyatlar tahlili, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablarni bartaraf etish yoʻllari va xalqaro tajriba oʻrganildi.