"Milliy gvardiya tizimida yuridik xizmat va murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vazifalar" mavzusida yuridik xizmat xodimlari ishtirokida oʻquv yigʻini boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 30-31 mart kunlari Jamoat xavfsizligi universitetida Milliy gvardiya boʻlinmalarida xizmat olib borayotgan yuridik xizmat xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi harbiy prokurori ishtirokida oʻquv yigʻini oʻtkazildi.
Tadbirda, soʻz olganlar tomonidan "Milliy gvardiya tizimida yuridik xizmat va murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vazifalar" mavzusida maʼruzalar oʻqildi, shuningdek,ishtirokchilarga qonun,farmon, qaror hamda buyruq talablari yetkazildi.
Shuni taʼkidlash joizki, mazkur oʻquv yigʻini yuristlarning amaliy koʻnikmalari va nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda oshirishga keng zamin yaratdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.