Milliy gvardiya Ixtisoslaştirilgan öquv markazida Qöşinlarda axloqiy-ruhiy ta’minotning dolzarb masalalariga bağishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslaştirilgan öquv markazida “Qöshinlarni axloqiy-ruhiy ta’minotining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ötkazildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi qöşinlarda axloqiy-ruhiy ta’minotning bugungi holati, mavjud muammolari va rivojlanish istiqbollarini çuqur tahlil qiliş, harbiy xizmatchilar va xodimlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlaşga qaratilgan ilmiy-amaliy tajribalar almaşiş, şuningdek, sohaga oid tadqiqotlar natijalarini muhokama qiliş hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan taklif va tavsiyalar işlab çiqishdan iborat.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Özbekiston Milliy universiteti hamda Respublika Taşxis markazi vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiyaning nazariy qismida raqamli davrda ota-onalik mas’uliyati, harbiy xizmatçilarning ruhiy barqarorligini ta’minlashda axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning örni, harbiy xizmatçilar oilalarida soğlom psixologik muhitni şakllantiriş, kasbiy faoliyatdagi stress holatlarining profilaktikasi hamda harbiy xizmatçilar ruhiy barqarorligini mustahkamlaşning zamonaviy usullari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Konferensiyaning amaliy qismida esa harbiy xizmatçilarning turli murakkab va ekstremal şaroitlarda harakat qiliş könikmalarini rivojlantiriş, ruhiy barqarorligini mustahkamlaş hamda psixologik tösiqlarni yengib ötishga qaratilgan mashğulotlar taşkil etildi. Jumladan, dala şaroitida psixodiagnostika usullari, jangçining ekstremal vaziyatlardagi ruhiy tayyorgarligi, garovga olinganlarni ozod qiliş, qurollangan jinoyatçilarni qölga olish, balandlik, olomon, öq-dori va portlovchi moddalar bilan boğliq qörquvlarni yengiş kabi yönalishlarda amaliy mashğulotlar ötkazildi.
Mazkur konferensiya harbiy xizmatçilar va xodimlarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini takomillashtiriş, ularning murakkab vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş qobiliyatini rivojlantiriş, soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşinuvini kuçaytirish hamda qöşinlarda ruhiy barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan ilmiy-amaliy yondaşuvlarni rivojlantirişga xizmat qiladi.