Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA IXTISOSLASHTIRILGAN O‘QUV MARKAZIDA NAVBATDAGI BITIRUV MAROSIMI

Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida “Mutaxassislarni tayyorlash kursi”da tahsil olgan harbiy xizmatchi va xodimlarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik X.Dadabayev o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni muborakbod etib, kurs davomida egallagan bilim va malakalar asosida imtihonlarni ijobiy topshirgan bitiruvchilarga sertifikatlarni taqdim etdi.

Tadbir yakunida Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi harbiy qismlari, Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlari va Qorovul qo‘shinlari bo‘linmalarida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar ushbu dargohda olgan bilimlarini xizmat faoliyati davomida keng foydalanishga va o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasliklarini bildirib, ta’lim bergan ustoz va murabbiylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Text to speech