“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning navbatdagi manzilli ishlari Jizzax viloyatida amalga oshirildi.

Joriy yilning 4 iyun kuni Jizzax viloyatida amalga oshirilgan manzilli ishlar davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va viloyat hokimi U.Mustafayev boshchiligida, hamkor vazirliklar va tashkilotlar mutasaddi rahbarlari ishtirokidagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Davlatimiz rahbarining Qarorlari va sohaga oid belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri, Yurtboshimizning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori talablari va amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi. 
Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida esa kuch tuzilmalari hamkorligidagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda viloyatning huquq tartibot idoralari rahbarlari ishtirok etishdi.
Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligi, xususan shahar sharoitdagi nostandart vaziyatlarda maxsus bo‘linmalarning hamkorlikdagi aniq va ishonchli harakatlari, boshqaruv tizimining zamonaviy usullari, shuningdek dron va ularga qarshi vositalaridan foydalanish amaliyotiga alohida e’tibor qaratildi va ushbu yo‘nalishdagi ishlar jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borilishiga oid vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, aholi gavjum joylar, xususan xiyobonlar, parklar, savdo majmualari, bozorlar va machitlar o‘rganilib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ishonchli ta’minlanishi borasida hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan xizmatni kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.  
Manzilli ishlar davomida yana bir muhim masalaga alohida e’tibor qaratilib, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar, xususan 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat, tuman va mahallalar kesimida belgilab olingan hamkorlikdagi ishlar o‘rganildi.
Bu borada Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida sport komplekslarni tashkil qilinishi va aholini ayniqsa yoshlarni keng jalb qilinishi, ushbu maskanda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar va sport seksiyalarini kengaytirish orqali o‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga oid chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga vazifalar belgilandi.
Tadbir so'ngida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotida faol ishtirok etgan kuch tuzilmalarining bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

 

Text to speech