Milliy gvardiyada ijro intizomi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Milliy gvardiya qo‘mondoni rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushuvchi topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hujjat va topshiriqlarda Milliy gvardiyaga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, elektron tizim orqali tushadigan topshiriqlarning ijrosi ta’minlanishi va nazorat qilinishini joriy etish, ijro muddati buzilgan taqdirda, mas’ul ijrochilarga intizomiy choralar qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, hujjatlarning ijrosi tizim orqali muntazam monitoring qilinishi va natijalari jamoatchilikka ochiqlanishi, davlat organlari va tashkilotlar yarim yillik va yillik ish rejalari hamda ochiq ma’lumotlari rasmiy veb-saytlarga joylashtirilishi lozimligi kabi masalalar muhokama qilindi.
Mas’ul boshqarma boshliqlari, hududiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari eshitildi va tegishliligi bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va ularning bajarilishi nazoratga olindi.