Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan ayollarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayol-qizlarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida Buxoro shahridagi “qizil” toifadagi mahallalar bo‘ylab doimiy ravishda psixoprofilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Buxoro shahar “A.Donish”, “Yoshlik” hamda “To‘qimachi” MFY hududida isiqomat qiluvchi 104 nafar “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suhbat olib borilib, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda maqsadida qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlarini tushuntirilib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, ayollarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, bunday holatlar aniqlanganda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari qonun bilan himoya qilingani, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ularga har qanday holda ko‘maklashishi va psixologik yordam olishi uchun barcha sharoitlar mavjudligi bildirildi. Bu kabi tizimli ishlar mahallalarda xonadonbay ishlash tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlar bilan suhbat chog‘ida aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha maʼlum oilalarga tegishli mutaxassislar biriktirildi.

Text to speech