Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYANING JIZZAX VILOYATI BO‘YICHA BOSHQARMASIDA “OCHIQ ESHIKLAR” KUNI TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 3 dekabr kuni Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida viloyatdagi harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar uchun “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 150 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etib, ular uchun bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy qurol-aslahalar, harbiy texnikalar va maxsus vositalar bilan yaqindan tanishtirildilar.

Shuningdek tadbir davomida mutaxassis kinolog va kavaleristlar, mohir kamonbozlar tomonidan mahorat darslari o‘tilib, o‘quvchilarga turli ko‘rinishdagi chiqishlar namoyish etishdi.

Tadbirning eʼtiborli tomoni shunda bo‘ldiki, bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida yangi joriy qilingan “O‘ZBEK MILLIY JANG SANʼATI” aʼzolarining o‘zlariga xos bo‘lgan jangovar chiqishlari orqali tadbir ishtirokchilarini o‘ziga rom etdi. Bo‘lib o‘tgan tadbir davomida o‘quvchi yoshlarimiz o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan savollariga javoblar oldilar.

Text to speech