Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVАRDIYА TIZIMIDА ILK BOR “O‘ZBEK MILLIY RАQSLАRINI IJRO ETISh” KOʼRIK-TАNLOVI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilda Milliy gvardiya hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida ilk bor “Oʼzbek milliy raqslarini ijro etish” koʼrik-tanlovi tashkil etilib, 9-10 aprel kunlari Buxoro shahrida respublika bosqichi boʼlib oʼtdi.
Koʼp asrlik boy madaniyatimizning ajralmas qismi boʼlgan milliy raqs sanʼati orqali harbiy xizmatchi va xodimlarning maʼnaviyati badiiy-estetik qarashlarini yuksaltirish, milliy qadriyatlar va anʼanalarimizga boʼlgan hurmatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, milliy raqs sanʼati boʼyicha harbiy-xizmatchi va xodimlar orasidan iqtidor egalarini aniqlash va saralash maqsadida Buxoro shahrida tashkil etilgan ushbu koʼrik-tanlovda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 30 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Mazkur tadbir mobaynida, hakamlar tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlarning milliy raqs sanʼati namunalarining asl milliy xususiyatlarini koʼrsata olishi, raqs ijrochilarining mahorati, kiyinishi va sahna madaniyati, badiiy va estetik boyligi, shuningdek, ijro etiladigan sanʼat asarining badiiy qiymati hamda raqsning ijro etish uslublari va yoʼnalishlarining mutanosibligi alohida eʼtiborga olinib, xolis baholandi.
Tadbirning yakuniy qismi boʼlmish taqdirlash marosimi Buxoro shahridagi "Nodir Devonbegi" majmuasida tantanali ravishda oʼtkazildi.
Koʼrik-tanlovning gʼoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʼalar bilan munosib taqdirlandilar.

Text to speech