Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida "Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan!" shiori ostidagi qo‘shiqlar ko‘rik - tanlovining respublika bosqichi yakunlandi va tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur qo‘shiqlar ko‘rik tanlovi hududiy saralash va respublika bosqichlari doirasida o‘tkazildi. Respublika bosqichida 20 nafar iqtidor egalari ikki kun davomida final bellashuvlarida o‘z ijod namunalarini qo‘shiq va musiqa yo‘nalishidagi olimlar, sanʼat va madaniyat xodimlari hamda tomoshabinlarga havola etishdi. Tanlovda ishtirokchilar lirika, estrada va saf qo‘shiqlari yo‘nalishda o‘z asarlarini jonli ijroda kuylab, o‘zaro bellashdilar. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi Toshkent shahar yoshlar markazida tashkillashtirildi. Marosim avvalida Yoshlar shaharchasida o‘quvchilar, Toshkent shahrining 12 tumanidan tashrif buyurgan uyushmagan yoshlar, Mehribonlik va muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari uchun harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari hamda besh tashabbus doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi. Milliy gvardiya alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestri ijrosidagi vatanni madh etuvchi musiqiy chiqishlar yoshlarni o‘ziga qamrab olgan bo‘lsa, harbiy orkestrning kelajagi bo‘lmish harbiy musiqa akademik litseyi jamoasi ijrosidagi dillarni xushnud etuvchi, o‘g‘il-qizlarning ko‘ngliga yo‘l topuvchi kuy-navolari tadbirga chinakam bayramona ruh bag‘ishladi. Shuningdek, musiqa to‘garagi o‘quvchilarining doira, o‘zbek jang sanʼati va taekvondo sport turlari bo‘yicha yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari ham yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu bilan bir qatorda, arqon tortish milliy xalq o‘yinlari,tosh ko‘tarish mashqlari hamda kamondan otish sporti bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda barcha tadbir ishtirokchilari o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Faxriy qorovul bo‘linmasi harbiy xizmatchilarining qurol bilan ko‘rgazmali saf chiqishlari yoshlarning qalbida harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirdi.

Shundan so‘ng, barcha yoshlar markazida o‘tkaziladigan qo‘shiqlar tanlovining taqdirlash marosimiga taklif etildi. Mehmonlarni markaz kirish qismida kitoblar yarmarkasi va rassomchilik ko‘rgazmasi qarshi oldi. Badiiy va sanʼat asarlari bilan tanishgan yoshlar hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari taqdirlash marosimining konsert dasturidan bahramand bo‘lishdi. Nominatsiyalar bo‘yicha va tanlovning g‘olib va sovrindorlar deb topilgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Mutlaq g‘oliblikka Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant Xolmatov Fazliddin Patidinovich loyiq deb topildi.

Tadbir kuy qo‘shiqlar va ko‘rgazmali chiqishlar bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech