Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan  mamlakatimizda ot sportini yana-da rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan  yangi “Tentpegging” federatsiyasini ustuvor  vazifalarini  keng jamoatchilikka yetkazish uchun Milliy gvardiya kavaleriya eskadroni hududida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani va press-tur tashkillashtirildi

 

 Mazkur tadbir mutaxassislar va OAV xodimlari o‘rtasidagi ochiq muloqaat tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekiston “Tentpegging” sport federatsiyasi raisi Nodirbek Ibragimov tomonidan mamlakatimizda zotdor Qorabayir  otlarini ko‘paytirish, xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan yangi federatsiya aholi ayniqsa,yoshlar va harbiy xizmatchilarni  ushbu sport turiga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda  sportchilarni hamda otlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash maqsadida malakali murabbiylarni tayyorlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, ushbu sport turi hozirgi kunda Osiyo va Yevropa davlatlarida juda ommalashgan bo‘lib, ishtirokchilar yakka yoki jamoaviy tarzda musobaqalarda ishtirok etishlari mumkinligi to‘g‘risida misollar bilan maʼlumotlar berildi.

Tendpegging sporti harbiy xizmatchilarning jismoniy shayligini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lsa ot sportining har qanday turi inson salomatligini yaxshilash va ko‘plab kasalliklarni davolashda juda foydali mashg‘ulot ekanligi taʼkidlandi.

O‘zaro savol javoblar tarzida o‘tgan muloqotlardan so‘ng jurnalistlar uchun davom ettirilgan press-turda  mazkur sport turi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Otlar bilan tillasha olgan harbiy xizmatchilarning mahorati, nayza va shamshir yordamida belgilangan nishonlarni aniq nishonga olishlarida namoyon bo‘ldi.

Hozirgi kunga kelib 60 bosh Qorabayir zotli otlar parvarish qilinayotgan bo‘lib, kelgusida ular   Milliy gvardiya otliq eskadroni harbiy xizmatchilari tomonidan nufuzli musobaqalarga tayyorlanadi.

Text to speech