Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyida iqtidorli yoshlar o‘rtasida damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining XXIII “Sanʼat--g‘unchalari” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi hamkorligida o‘tkazilib, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan yosh ijrochilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va musiqa sanʼatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi

Musiqiy tanlovda ijodkorlar 3 yo‘nalishda : yog‘och-damli, mis-damli va zarbli asboblar, kichik va katta guruh nominatsiyalari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yosh ishtirokchilarning ijodiy mahorati har bir yo‘nalish bo‘yicha hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholanib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyidan ishtirok etgan o‘quvchilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Tantanali yopilish va taqdirlash marosimi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy zalida o‘tkazilib, unda olib va sovrindorlar bilan bir qatorda ustozlar va jo‘rnavozlar ham munosib rag‘batlantirildi

Shubhasiz, ushbu tanlov milliy madaniyat va sanʼatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun muhim loyiha bo‘lib, u mamlakatimizning barcha hududlaridagi iqtidorli bolalar o‘zlarini musiqachi va sanʼatkor sifatida taqdim qilishlariga keng zamin yaratmoqda.

Text to speech