Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA TIZIMIDA XIZMAT QILISH ISTAGIDA BO‘LGAN YОSHLAR HAMDA ULARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar avvalo, xalqimiz farovonligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, aholi, ayniqsa, yoshlarning iqtidori va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini taʼminlashga xizmat qilib kelayotganligi shubhasiz.

Ushbu islohotlar samarasi o‘laroq, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida ham sohaga yuqori kasbiy mahoratga ega, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sidqidildan yondosha oladigan, maʼnaviy barkamol va jismonan yetuk kadrlarni jalb qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 15 apreldagi "Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori bu boradagi muhim tashabbus bo‘ldi. Shu maʼnoda, kuni kecha ushbu qarorning ijrosi doirasida Milliy gvardiya tizimida xizmat qilish istagida bo‘lgan va turli sport turlari bo‘yicha jahon, Osiyo hamda O‘zbekiston chempioni va sovrindori bo‘lgan sportchilar hamda ularning ota-onalari bilan boshqarma masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, yoshlarga tizimda xizmat o‘tash tartibi, harbiy xizmatchi va xodimlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar, belgilangan talablar va sharoitlar, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz” konseptual g‘oyasi asosida xizmat qilish shartlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga ishga kirish bilan bog‘liq masalalarda faqatgina tizimning masʼul xodimlariga murojaat etish hamda firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va zarur tavsiyalar berildi.

Text to speech