Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tomonidan tashkil etilgan festival Yangi O‘zbekistonning minglab yoshlarini birlashtirdi

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Yosh gvardiyachilar” Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida 30 iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.

Yetti yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan minglab bolalarni jamlagan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni sportga keng jalb etishdan iborat.

Yosh sportchilar – “Yosh gvardiyachilar” maktabi o‘quvchilari o‘z muvaffaqiyatlarini namoyish etdi. Ko‘plab tomoshabinlar tomonidan velosportchilar, futbolchilar, basketbolchilar, txekvondochilar va gimnastikachilar olqishlandi. O‘smirlar bo‘lsa o‘zbek jang sanʼati jamoalari va yakka kurash bo‘yicha “Turon” jamoalaridagi tengdoshlarining chiqishlarini zavq bilan tomosha qilishdi.

Qo‘l jangi texnikasini mahorat bilan ko‘rsatgan Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari va faxriy qorovulning yosh harbiylari chiroyli libosda, musiqa sadolari ostida yoshlarning qalbini zabt etishdi. Harbiy orkestr tomoshabinlar tribunalar oldidan tantanali marshda o‘tib, so‘ngra qurollar bilan mashq qilish texnikasini namoyish etishdi.

Shuningdek, kinologlarning xizmat itlari bilan chiqishlari hech kimni befarq qoldirmadi.

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi ashula va raqs ansambli sanʼatkorlarining chiqishlari ham bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Harbiy orkestr ijrosidagi musiqiy kompozitsiyalar esa festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Festival doirasida kamondan otish, arqon tortish, og‘ir ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etildi.

Text to speech