Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA IXTISOSLASHTIRILGAN O‘QUV MARKAZIDA NAVBATDAGI BITIRUV MAROSIMI

Mutaxassislarni tayyorlash kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida mutaxassislarni tayyorlash kurslarining navbatdagi bitiruv marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik D.Intantin, Ichki Ishlar vazirligining Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlari qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari polkovnik I.To‘xtasinovlar tashrif buyurdi.

Marosim avvalida so‘z olgan mutasaddilar kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan harbiy xizmatchi va xodimlarga o‘zlarining iliq tilaklarini bildirishdi va kelgusidagi xizmatlarida omad tilashdi.

Shundan so‘ng, mutaxassisliklari bo‘yicha o‘q otish, balandlikni ishg‘ol qilish, ruhiy-jismoniy, aloqa, maxsus taktik hamda harbiy muhandislik tayyorgarligi fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shu bilan birga, bitiruvchi xarbiy hizmatchilar orasidan kichik serjant D.Abdinazarov va B.Xudoyberdiyevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining bitiruvchi safdoshlariga va markazda tahsil bergan ustoz hamda murabbiylarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Tadbirning badiiy qismida bo‘lsa, Faxriy qorovul hamda Milliy gvardiya harbiy qism tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar va qo‘l jangi usullari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech