Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Milliy gvardiya tashabbusi asosida, Xavfsizlik kengashi roziligi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, Bosh prokuratura, Oliy Sud, IIV, DXX bilan kelishilib, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilgan (20.11.23y.) (ID-89246).

Mazkur loyiha bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari xizmat faoliyati davomida “maxsus tayoqlardan”, shu jumladan “teleskopik tayoqlardan” ham foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

Hozirgi kunda, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belorussiya davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus bo‘linmalari tomonidan jamoat tartibini saqlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish va huquqbuzarlarni qo‘lga olish jarayonida, shuningdek, fuqarolarni qurolli hujumdan himoya qilishda, qurolli hujum uyushtirilganda o‘zini himoya qilishda, qurollangan jinoyatchilarni qurolsizlantirishda rezina tayoqlar bilan birgalikda teleskopik va plastik tayoqlardan keng foydalanib kelinmoqda.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishdan so‘ng, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari “Teleskopik tayoqni” yig‘ilgan holda, xizmatga qulay sharoitda (estetik nuqtai nazardan) yonida olib yuradi, shuningdek, undan:

-fuqarolarni qurolli hujumdan himoya qilishda;

-harbiy xizmatchi(xodim)ga qurolli hujum uyushtirilganda o‘zini himoya qilishda;

-qurollangan jinoyatchilarni qurolsizlantirishda;

-tartibbuzarni bo‘ysundirishda;

-avtoavariya holatlarida transport vositalarining oynasini sindirib, fuqarolarni qutqarishda foydalaniladi.

Shuningdek, teleskopik tayoqlar o‘qotar qurolga (pistolet) nisbatan kam jarohat yetkazuvchi va huquqbuzarlarning o‘limiga olib kelmaydigan (neletalniy) maxsus vosita hisoblanadi.

Shu bois, Milliy gvardiya bo‘linmalarini zamonaviy maxsus vositalar bilan taʼminlanishiga huquqiy asos yaratish hamda shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tashida ularga qulay shart-sharoit yaratish va jamoat tartibini saqlashda xalqaro normalarga amal qilish hamda inson huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida, Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonunga ushbu o‘zgartirishni kiritish taklif etilgan.

Milliy gvardiyani

Yuridik taʼminlash va murojaatlar

bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i

adliya polkovnigi I.Turg‘unov

21.11. 2023 yil

Text to speech