Milliy gvardiya xodimlari telefon o'g'irlashda gumon qilingan shaxsni ushlashdi
Toshkent shahridagi Chorsu bozorida 10 fevral, shanba kuni soat 14.30 da Milliy gvardiya xodimlariga bir vaqtning o‘zida ikki kishi murojaat qilib, uyali telefonlari yo‘qolgani haqida xabar berishdi. Fuqaro E.O. dan 2 million 200 ming so‘mlik Redmi 9a, N. J. dan esa 3 million 400 ming so‘mlik Samsung Galaxy A05s o‘g‘irlanganligi aniqlandi.
Tezkor harakatlar natijasida xodimlar o‘g‘irlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olishdi. U 36 yoshli K. I. bo‘lib chiqdi. Shaxsiy tekshiruv davomida gumonlanuvchining ustki kiyimining cho‘ntagida jabrlanuvchilar maʼlum qilgan rusumli ikkita uyali telefoni topildi.
Qo‘lga olingan shaxs ichki ishlar organlarining tayanch punktiga olib borildi, jabrlanuvchilar K.I. dan olib qo‘yilgan telefonlarda o‘zlarinikini tanib olishdi. K.I. telefonlarni o‘g‘irlaganini tan oldi.
Hozirda Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.