Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA SPORTCHILARI VA YОSHLAR

Bugun yurtimizda yoshlarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular orasida uchrashi mumkin bo‘lgan salbiy illatlar va turli xil jinoyatchiliklarning oldini olish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida sportning boks, sambo, K1 va armrestling turlari bo‘yicha Olimpiada va jahon chempionlari ishtirokida “Milliy gvardiya sportchilari va yoshlar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Davra suhbatida boks bo‘yicha olimpiada chempioni F. G‘oyibnazarov, sambo bo‘yicha jahon chempionlari O. Xudoyqulov, F. Jumayev va sportning K1 turi bo‘yicha jahon chempioni Sh. Yo‘ldoshev, armrestling bo‘yicha Osiyo chempioni A. Obloqulovlar kabi sport ustalari, Universitet ofitser va kursantlari hamda Olmazor tuman Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan hozirgi kunda yurtimizda sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlash, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilayotgani va bundan tashqari turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi kunda yoshlarimizning maʼnaviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarb ekanligi taʼkidlab o‘tildi.

Suhbat davomida kursantlar o‘zlari qiziqqan savollarni berib, sportchilarga ulkan zafarlar tiladilar. Shu bilan birga sportchilar ham universitet rahbariyatiga hamda kursantlarga mehmondo‘stlik va iliq suhbat uchun minnatdorlik bildirdilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar berildi. 

Text to speech