Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va “Qo‘riqlash” boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi
Buxoro viloyatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari bilan Milliy gvardiya qo‘mondonligi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov ishtirok etib, asosiy eʼtibor jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, harbiy xizmatchilar va xodimlar, ularning oila aʼzolarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratildi.
Shuningdek, tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.