Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi yangi bog‘lar yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan hududlardagi yo‘l va ariq bo‘ylari, bo‘sh turgan tashlandiq joylarni ko‘kalamzorlashtirish, yangi bog‘lar yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, Tomdi va Nurota tumanlar qo‘riqlash bo‘limi maʼmuriy binolari hamda Karmana tumanidagi harbiy qism va unga tutash hududlar atrofi harbiy xizmatchilar, faol yoshlar ishtirokida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ikki mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Text to speech