16—22 yanvar kunlari Toshkent shahrining Milliy gvardiyaga biriktirilgan beshta tumanida 41581 ta turar-joy va ijtimoiy obyektlarda elektr taʼminoti tiklandi // Milliy gvardiyaning barcha hududiy bo‘linmalarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarni oshirish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda//Milliy gvardiyaning "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyida harbiy sohada ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish usullariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi "Temurbeklar maktabi" Harbiy akademik litseylarda ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish usullariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi / / Prezident: "Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq bo‘lib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan bahodir va dovyurak harbiylarimizga O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!" / /Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 17 nafar harbiy xizmatchisi va xodimlari Prezident Farmoni bilan orden va medallar bilan taqdirlandilar . Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan hamkasblarimizni tabriklaymiz! / / Bir guruh harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga yangi xonadon kalitlari topshirildi  / / Prezident Farmoniga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi / / Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli kuchlar chempionati uchun qo‘l jangi musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi / /Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida "Milliy gvardiya va yoshlar" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi prokuratura xodimlarini kasb bayrami bilan chin dildan tabriklaydi! / / Milliy gvardiya Markaziy devonida harbiy intizomning holati va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan kengaytirilgan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi / / Respublika miqyosida "Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostidagi vatanparvarlik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" nomli uslubiy qo‘llanma nashrga tayyorlandi / / "Korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashda maʼnaviyatning o‘rni" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi//Buxoro viloyatida"hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi" shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi./ /  Konstitutsiyamizning 30 yilligi arafasida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” aksiyasida ishtirok etdi / / Samarqandga Nurafshon shahridan yo‘lga chiqqan qorabayir otlari karvoni yetib keldi / / Amudaryo tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ehson qutisini o‘marmoqchi bo‘lgan bosqinchini qo‘lga oldilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yishda davom etmoqda / / Navoiy viloyatida joylashgan dala o‘quv poligonida ofitserlar tarkibi ishtirokida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi / / Xalqaro nogironlar kunida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun tadbir tashkil etdilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Bahodir Jalolov amerikalik raqibi ustidan nokaut hisobida g‘alaba qozondi / / Respublikamiz bo‘ylab pirotexnika vositalari savdosiga qarshi hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda / / Oltiariq tumanida topilgan eski “snaryad” zararsizlantirildi/ / Noqonuniy yo‘llar orqali olib o‘tilgan maishiy texnikalar aniqlandi / / Pora evaziga o‘qishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi / / Farg‘ona viloyatida katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi/ / Toshkent, Farg‘ona, Jizzax mintaqaviy o‘quv markazlarida navbatdagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga sertifikatlar topshirildi/ /Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ilg‘or g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanmoqda/ / Qo‘l jangi va boks bo‘yicha Osiyo chempionatlari, shuningdek,"Yangi nafas" yugurish musobaqasi g‘oliblari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan taqdirlandi / / Navoiy viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi / / Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda/ / Milliy gvardiya qo‘mondoni raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  / /  Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida zafar qozongan sportchilarimiz tantanali kutib olindi // Qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz 6 oltin, 3 kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tabriklaymiz! // O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan "Yangi nafas"  sport musobaqasi 1300ga yaqin sportsevarlarni birlashtirdi // Tibbiyot xodimlari kuni  munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. / / Milliy gvardiya tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida odob-axloq qoidalariga oid o‘quv-seminari o‘tkazildi. / / Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida "Globallashuv jarayonlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari" mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi  / /  Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi / / Poytaxtimizda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi / / Bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida ushlandi / / Qo‘yliq bozorida qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli bolakay o‘z yaqinlariga topshirildi / / Poytaxtimizda harbiy xizmatchilar tomonidan jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. / / Milliy gvardiya yoshlar nigohida: Harbiy qismda bir kun  / / Olmazor tumanida mahalla yoshlari va o‘quvchilarning mavsumiy taʼtil kunlarini mazmunli va foydali o‘tkazishlarini tashkillashtirish maqsadida ”Let‘s learn our Construction in English” mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi / / Harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar uchun tanlov eʼlon qilinadi / / Milliy gvardiyaning 85 nafar harbiy xizmatchisi alvon beret kiyish huquqi uchun sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida "O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqchil, adolatparvar davlat barpo qilish yo‘lida" nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi./ / O‘zbekistonda oila va xotin-qizlarga psixologik xizmat ko‘rsatish holati va mavjud muammolar" mavzusida anjuman o‘tkazildi/ / Funksional ko‘pkurash Federatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar uchun sport tadbirlari o‘tkazildi / /  O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 13 noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston bog‘i"da "Yangi nafas" yugurish sport tadbirlarini o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda// “Mehr daftari” tizimi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi //Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda holat vazirliklari hamkorligidagi taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi // O‘zbek jang sanʼati sport turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Milliy gvardiya qo‘mondonining kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda va respublika bosqichiga saralanmoqda / / Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" boshlandi./ / Hukumat qarori bilan (598-son, 14.10.2022 y.) "Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan noqonuniy pirotexnika vositalari savdosining oldi olinmoqda.

Bayram - Yangi yil qanchalik yaqin bo‘lsa, sertifikatsiz pirotexnika vositalarini sotishdan daromad olishni istaganlar shunchalik faollashadi. Shu bois Milliy gvardiya hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchi va xodimlariga sertifikatlanmagan pirotexnika vositalarini sotish bo‘yicha maʼlumotlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish vazifasi qo‘yilmoqda. Harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan respublika miqyosida amalga oshirilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida noqonuniy pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi.

NAMANGAN VILOYATI. Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan sertifikatsiz pirotexnika vositalarini sotayogan yigit qo‘lga olindi. 16 yoshli M.S. xolislar va o‘smirning qarindoshlari ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning sumkasida 13 blok (har biri 130 quti) “Britanik” bombalari va 2 o‘ram "Snaryad svetnaya babochka" nomli pirotexnika vositalari mavjudligi maʼlum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

SAMARQAND VILOYATI. Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 5 dona “Teraniya” pirotexnika vositalarini 700 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida ushlandi. Dastlabki surishtiruv ishlarida huquqbuzar samarqandlik 2007 y.t. I.R. ekanligi maʼlum bo‘ldi. Fuqaro voyaga yetmaganligi bois, o‘smirning yaqinlari voqea haqida zudlik bilan xabardor qilinib, ular ishtirokida huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma tuzildi.

JIZZAX VILOYATI. Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan sertifikatsiz pirotexnika mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq 5 ta holat aniqlandi. Bu bilan asosan yoshlar, jumladan, voyaga yetmaganlar shug‘ullangan. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida pirotexnika vositalari uchun pul olayotgan 16 yoshli R.I. qo‘lga olindi. Uning yonidan 2 dona (har biri 20 o‘ram) “Britanik” nomli pirotexnika vositalari topilib, musodara qilindi.

19 yoshli fuqaro B.N. ham jami 1 million so‘mlik pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Harbiy xizmatchilar tomonidan xolislar ishtirokida 10 ta “Britaniya” nomli pirotexnika vositalari musodara qilindi.

Jizzax shahrida yashovchi 18 yoshli fuqaro B.B. pirotexnika vositalarini 440 000 so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi va uning yonidagi 40 quti jami 2400 dona “Britaniya” nomli pirotexnika vositalari musodara qilindi.

20 yoshli fuqaro N.M. ham 5 quti “Britanik”ni 750 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

BUXORO VILOYATI. Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Bojxona qo‘mitasi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlarda yirik hajmdagi pirotexnika vositalari ushlandi. Qorovulbozor tumanida yashovchi fuqaro A.Sh.ning yonida 960 000 so‘mga sotmoqchi bo‘lgan 8 quti “Teraniya” nomli pirotexnika vositalari topilib, musodara qilindi. Fuqaro A.Sh.ning so‘zlariga ko‘ra, u pirotexnika vositalarini joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” dehqon bozoridan o‘z tumanida sotish uchun 400 ming so‘mga xarid qilgan.

Pirotexnika vositalarini sotish bilan shug‘ullanayotgan yana bir fuqaro 19 yoshli S. M. ham poytaxtdagi “Qo‘yliq” dehqon bozoridan xavfli mahsulotlarni xarid qilganligi haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaroning uyidan jami 1 million 300 ming so‘mlik 13 dona “Teraniya” (7 800 dona) topilib, musodara qilindi.

Hurmatli yurtdoshlar!
Shuni eslatib o‘tamizki, pirotexnika mahsulotlari bilan noqonuniy savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-1-moddasi bo‘yicha ashyolar musodara qilinib, besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, huddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ancha miqdorda yohud shunday harakatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-1-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech