Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida buyuk allomamiz mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

 

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida buyuk allomamiz mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati, Farg‘ona Harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari, Qo‘riqlash boshqarmasi, Farg‘ona shahrida joylashgan 6-maktab o‘quvchi yoshlari, 35 hamda 37- maktab o‘quvchi yoshlari va uyushmagan yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan buyuk bobokalonimiz mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, g‘azallaridan parchalar kuy qo‘shiqlar mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa 37-maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan ajoyib raqslar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir davomida "Siz Navoiyni bilasizmi" viktorinasi ham o‘tkazilishi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Viktorina davomida maktab o‘quvchilari, muddatli harbiy xizmatchi askarlar, uyushmagan yoshlar hamda shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilardan tuzilgan jamoalar g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib bordilar. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida Farg‘ona shahar madaniyat vazirligi tasarrufidagi 1-sonli musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari tomonidan ishlangan suratlar ko‘rgazmasi barcha yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.

Text to speech