Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning rejasi doirasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. Mazkur yo‘nalishda navbatdagi manzilli chora-tadbirlar Qashqadaryo viloyatida amalga oshirildi

Joriy yilning 28 fevral - 1 mart kunlari Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning rejasiga asosan o‘rganish ishlari Qashqadaryo viloyatida olib borildi. Manzilli ishlar davomida asosiy eʼtibor Davlatimiz rahbarining Qarorlari va videoselektor yig‘ilishlarida sohaga oid belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosiga qaratildi.

–   O‘rganish ishlari dastlab, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarligini tekshirishdan boshlandi. Unda Jahon tajribasi va tahlillardan kelib chiqib, komandir va bo‘linmalarning kompleks tayyorlashga qaratilgan hamda tizimda joriy qilingan yangi Modulli jangovar va maxsus tayyorgarlik darajasiga eʼtibor qaratildi.  Shuningdek, nostandart vaziyatlarda komandirlarning boshqaruv tizimi hamda harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini yana-da takomillashtirish borasida  ko‘rsatmalar berildi.

–   Bu  borada,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ham Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan shaxsiy tarkibga yetkazilib, joriy yilda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi.

– Shuningdek, oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri Yurtboshimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi (07.02.2025) Qarori hamda “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi (PQ-68-son, 21.02.2025 y.) Qarori talablariga eʼtibor qaratilib, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida rejalashtirilgan hamkorlikdagi chora tadbirlar joylarga chiqqan holda o‘rganilib, Taroveh o‘qiladigan masjidlarda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

– O‘z o‘rnida, Davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli Qarori talablarining amaliy  ijrosi yuzasidan “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa hamda “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida belgilab berilgan vazifalar  borasida mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglanib, manzilli ishlar davomida hududlarda amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Qarshi shahridagi qizil toifaga kiritilgan “Qarliqxona” mahallasi va ushbu hududdagi Savdo majmuasi (Dehqon bozori) o‘rganilib, hududiy sektor rahbarlari hamda mahalla yettiliklari bilan uchrashuvlarlar davomida “yo‘l xaritasi” va unda belgilangan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi muhokama qilindi.  

–   Yana bir muhim masala, Davlatimiz rahbarining Sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosi yuzasidan “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” faoliyati o‘rganilib, ushbu majmuaning Kamondan otish bo‘limida shug‘ullanib kelayotgan sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va mazkur sport turini rivojlantirish borasida tegishliligi bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

–  Shuningdek, Qashqadaryo viloyati bo‘ylab “maktab-oila-mahalla” uzviy tizimi asosida hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ishlar va maktablardagi davomat masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, sohaga oid rahbarlarning maʼlumotlari tinglandi. Shundan so‘ng, Qarshi tumanidagi 65-sonli maktabning 6 “V” “Yosh gvardiyachilar” sinfi o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi (maʼlumot uchun bugungi kunga kelib, respublikamiz bo‘ylab 190 ta maktablarda 224 ta shu kabi sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va ularda o‘quvchilar soni 6029 nafarni tashkil qilmoqda). Unda  o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda sport to‘garaklarini yana-da kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berilib vazifalar belgilandi.

Text to speech