Milliy gvardiya Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibi bilan xizmat davomidagi kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning xizmat jarayonida nizoli vaziyatlardan chiqishning samarali psixologik usullarini oʻrgatish, ruhiy zoʻriqishlar, salbiy emotsional holatlar, charchoq singari xizmatlarini samarali bajarishlariga toʻsqinlik qiluvchi holatlarni korreksiya qilish va oldini olish maqsadida psixologik seminar trening oʻtkazildi. Seminarda Fargʻona viloyati “Grand Medical Servis” neyropsixologik markazi rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Mustafayeva Shirinoy Farxadovna ishtirok etdi. SH.Mustafoyeva oʻz tavsiyalarida asosiy koʻzlangan maqsad xizmat samaradorligini yanada oshirish va ruhiy zoʻriqishlarini oldini olish hamda faoliyatlari davomida fuqarolar bilan samarali muloqot oʻrnatish, tushunish, nizoli vaziyatlarni oldini olish, shuningdek, tinglovchilarni oʻzlarini turmush sharoitlarini sogʻlomlashtirish, boshliqlar va boʻysunuvchilar oʻrtasidagi munosabatni yaxshilash, stress va undan chiqish, uning profilaktikasi hamda stress holatini kelib chiqish omillari, sabablari, stressga qarshilik koʻrsatish bosqichlari, stressning inson sogʻligi va ruhiy holatiga hamda xizmat faoliyatiga salbiy taʼsirlari, undan tashqari stressni bartaraf etuvchi omillar toʻgʻrisida maʼlumotlar berishga qaratdi.