Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MOSKVA SHAHRIDA BO‘LIB O‘TGAN “YEVROOSIYO JAHON KUBOGI LIGASI” MUSOBAQALARIDA MILLIY JAMOAMIZNING MOHIR CHAVANDOZLARI G‘ALABANI QO‘LGA KIRITISHDI

 

Joriy yilning 28-31 oktyabr kunlari Moskva shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “YevroOsiyo jaxon kubogi ligasi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sportchi chavandozlari munosib ishtirok etib, “To‘siqlarning balandligi 155 sm” bo‘lgan yo‘nalishdagi final bosqichida Bekzod Qurbonov “King Kornet-L” laqabli otida yuqori natija ko‘rsatib 1-o‘rinni, “To‘siqlarning balandligi 150 sm” bo‘lgan yo‘nalishda esa Umidjon Kamilov “Nomero Uno Rafayel” laqabli otida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, “Yetti yoshgacha bo‘lgan otlar” o‘rtasidagi bellashuvda Aʼzam Tolibbayev “Roksibadjo” laqabli oti bilan 1-o‘rinni va “Bolalar o‘rtasida”gi bahslarda ham Boburjon Valijonov “Ledi” laqabli oti bilan

1-o‘ringa loyiq deb topildilar. Milliy terma jamoa sportchi chavandozlarimiz o‘zlarining oldilariga qo‘ygan oliy maqsadlari sari yuqori marralarga intilgan holda Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishdi.

Eslatib o‘tamiz Milliy terma jamoamiz tarkibida bo‘lgan Umid Komilov, Aʼzam Tolibbayev va Boburjon Valijonovlar Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari hisoblanishadi.

2 noyabr kuni ushbu sportchi chavandozlarimiz va murabbiylar yorug‘ yuz bilan yurtimizga qaytib kelishdi va ular “I. Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda munosib kutib olindi.

Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, sportchi chavandozlarimizning xalqaro arenalardagi navbatdagi g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Text to speech