Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MOSKVADA OT SPORTINING TO‘SIQLARDAN SAKRASH BO‘YICHA YEVROPA LIGASI KUBOGINING 4 BOSQICHI YAKUNLANDI

Joriy yilning 4-8 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Ot sporti bo‘yicha Xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari ishtirok etishdi.
Mazkur musobaqada 11 ta davlat ular, O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus', Moldaviya, Ozarbayjon, Eron hamda Gruziyaning yetakchi sportchilari o‘rtasida uch bosqichdan iborat murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rin;
Qirg‘iziston jamoasi 2-o‘rin;
Rossiya jamoasi 3-o‘rin;
Qozog‘iston jamoasi 4-o‘rin;
Belarus' jamoasi 5-o‘rin.

Sportchilarimiz ikki yo‘nalishda: yakka tartibda va jamoaviy bahslarda qatnashib, to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish bo‘yicha 12 ta oltin, 18 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 17 iyundan 25 iyulgacha bo‘lgan natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 43 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari Zokirjon To‘rajonov 120 sm, Saidamirxon Turg‘unboev 130 sm va Umidjon Kamilovlar balandligi 140-150 sm bo‘lgan yo‘nalishda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Baxromjon Gaziev, Umidjon Kamilov, Oqiljon Sobirjonov va Azam Tolibboevlar ushbu nufuzli musobaqaning so‘zsiz yetakchilariga aylanib 2021 yilning sentyabr' oyida Ispaniya poytaxti Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Milliy gvardiya qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkibi nomidan sportchilarimizning ushbu g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, keyingi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Text to speech