Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

MUAMMOLAR YECHIMI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 6 dekabr kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi binosida video-selektor tarzidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov raisligida o‘tkazilib, unda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev va Samarqand shahridan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayev, shuningdek shahar va viloyat hokimlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, Fuqarolar yig‘inlari raislari hamda boshqa hamkor vazirliklarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Milliy gvardiya  ko‘mondoni R.Djurayev so‘zga chiqib,  barcha ishtirokchilar eʼtiborini Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangilangan tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarning hamkorlikdagi ijrosi yuzasidagi  masalalarga qaratdi.  

Maʼruza davomida, davlatimiz rahbarining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar”ni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmon va Qarorlari asosida Milliy gvardiya va tegishli vazirliklarga aniq vazifalar belgilab berilganligi taʼkidlanib,  shu qisqa davr mobaynida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar samarasida erishilgan natijalar yodga olindi.

Shu qatorda Mehribonlik bolalar muassasalari bilan ishlash jarayonida duch kelingan tizimdagi qator kamchilik va muammolar sanab o‘tildi. Xususan,  Mehribonlik uyiga topshirilgan aksariyat bolalarning yaqin qarindoshlari bo‘la turib  ularning “qaramog‘iga berilgan bolalarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazish masʼuliyatini zimmalariga olmaganliklari” tufayli ular mehribonlik uyiga topshirilganligi hamda shu kabi mahallada yechimini topish mumkin bo‘lgan qator muammoli masallarga misollar keltirilib, mahalla raisi hamda faollarining masʼuliyatiga tanqidiy fikrlar bildirildi.  

Mehribonlik uylaridan chiqqan yoshlar yana mahallaga kelib yashashlarini inobatga olgan holda, tegishli davlat tashkilotlari va “mahalla” tomonidan ularning aniq ro‘yxati yuritilishi, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga shart-sharoitlar yaratilishi va har tomonlama yordam ko‘rsatilishi, bunda – aynan mahallaning o‘rni va roli  muhim  ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

O‘z navbatida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov  hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayevlar Milliy gvardiya qo‘mondonining tanqidiy fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan holda kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan masalalarga to‘xtalib o‘tdilar. 

Shuningdek, barcha davlat idoralari bir yoqadan bosh chiqarib, hamkorlikda mavjud kuch va vositalarni, bilim-salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirib, Yurtboshimiz tomonidan ushbu yo‘nalishda belgilab berilgan aniq va maqsadli vazifalarni yuqori saviyada bajarilishiga ishonch bildirildi.

Text to speech