MUAMМOLARNING IJOBIY YECHIMI
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.Bo‘ronov, Qarshi shahar harbiy prokurori adliya podpolkovnigi J.Ashurov va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari ham ularning oila aʼzolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida 2 nafar xarbiy xizmatchining muammolari joyida hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar xodimning oila aʼzolarini bandligini taʼminlash va imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etildi. Ijtimoiy himoyaga doir bir qator masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonligi Qarshi shahrida joylashgan 45-sonli umumtaʼlim maktabining harbiylashtirilgan sinf o‘quvchi yoshlari bilan uchrashib, ochiq suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga, o‘quvchi yoshlarga kelgusida oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish hamda Milliy gvardiya tizimida xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriy tavsiyalar berildi.