Muborak Ramazon oyida yurtimizda ezgu amallar, xayr-saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ana shu xayrli kunlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan respublikamiz boʻylab boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, shuningdek, xizmat burchini ado etish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlarining oila aʼzolari va faxriylar holidan xabar olinmoqda.