MUDDATLI HARBIY XIZMATChILAR BILAN TELEMULOQOT
Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida harbiy xizmatchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida Milliy gvardiya bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari bilan onlayn muloqot tashkil etilmoqda.
Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan mahalliy hokimiyat vakillari hamkorligida viloyatda muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlarimizga yaqinlari bilan telemuloqot tashkillashtirildi.