Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MUQADDASDIR – VATAN BAYROG‘I

Bugun "Yoshlar press-klubi"da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy gvardiya hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir – Vatan bayrog‘i" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Milliy gvardiya va Qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibi, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Temurbeklar maktabi va Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida bayroq har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgani haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, O‘zbekistonimiz bayrog‘i bilan g‘urur va iftixorga to‘la manzaralar yoshlarni fidoyilikka, vatanparvarlikka, yangi marralarga chorlashi alohida taʼkidlandi.

Text to speech