Qidiruvda bo‘lgan shaxs Qo‘yliq dehqon bozorida Milliy gvardiya xodimi tomonidan qo‘lga olindi
2024 yilning 15 iyul kuni tunda Toshkent shahar Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq” dehqon bozori hududida Milliy gvardiya xodimlari jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha xizmat olib borish vaqtida Yuqorichirchiq tuman IIB tomonidan joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruv eʼlon qilingan 35 yoshli Z. F. ni qo‘lga olishdi. Qo‘lga olingan fuqaro ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, belgilangan tartibda topshirildi.