NAFS YO‘LIDA DARAXTLARNI NOBUD QIGANLAR
Joriy yilning 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatida kelib tushgan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Mirzaobod tumanining Yangiyer-Do‘stlik yo‘nalishidagi yo‘l chetida bo‘y cho‘zgan manzarali daraxtlardan 8 tasini kesib, davlat raqami 25K605EA bo‘lgan ISUZI rusumli yuk mashinasida olib ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan 6 nafar shaxs qo‘lga olingan va daraxt kesishda qo‘llangan asbob-uskunalar, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.
Dastlabki o‘rganishlar davomida, kesib olingan daraxtlar jami 44 835 000 so‘mni tashkil etishi va tabiatga zarar yetkazgan ushbu shaxslar Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro A.Yo. va G‘.A.lar Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro X.D., G‘.M.,S.M. va J.I. lar ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.