NAFSIGA QUL BO‘LGAN AYOL QO‘LGA OLINDI
Joriy yilning 4 may kuni Buxoro viloyatida Milliy gvardiya va prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro R.S. ismli ayol xizmat mavqeyidan foydalangan holda 2 nafar fuqaroni rahbarligi ostidagi maktabgacha taʼlim muassasasiga tarbiyachi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSH dollarini, o‘z qizi orqali fuqaro M.R. dan maxsus ishlov berilgan pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan fuqaro R.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.