Jinoyatga jazo muqarrar.
Joriy yilning 1 fevral kuni Olmazor tumani Nurafshon koʻchasida joylashgan savdo markazida nomaʼlum shaxs xodimlarda shubha uygʻotgan. Jinoyatlarni tezkor ochish uchun axborot- tahlil markaziga ulangan kuzatuv kameralari orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("oʻgʻrilik") boʻyicha jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlganligi maʼlum boʻlgan.
Olmazor tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari zudlik bilan majmuaga yetib kelib, jinoyatchi qoʻlga olingan.
Dastlabki surishtiruv ishlari davomida fuqaro Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi 40 yoshli F.X. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha surishtiruv ishlari Olmazor tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda