Namangan viloyatida ham pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
O‘tkazilgan tadbir davomida 24 yoshli fuqaro I.K. shartli xaridorga chet davlatda ishlab chiqarilgan 8 dona “Treniya”, 50 dona “Salyut” va 24 dona “7SHOS” pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-moddasi 1-qismi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.