MILLIY GVARDIYA VA YOSHLAR
Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod tumanlaridan tashrif buyurgan va viloyatlardan video-konferens-aloqa orqali bogʻlangan yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir davomida mahallardan tashrif buyurgan yoshlar bugunda koʻplab yutuqlarga erishib kelayotgan tengdoshlarining soʻylab bergan yangi loyihalari, kelajak maqsadlarini tinglab, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.
Shuningdek yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash ustuvorlik kasb etganligi sababli, tadbirda ishtirok etgan mahallalarning yigit qizlari aynan harbiy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan ilgʻor yoshlar bilan fikr almashishdi.
Albatta, ushbu yangi samarali tizimning hayotga tatbiq etilishi, unda koʻzda tutilgan vazifalarning tugal bajarilishi yoshlarning jamiyatimizdagi ijtimoiy pozitsiyalarini mustahkamlashga, ularning ehtiyoj va manfaatlarining toʻlaqonli qondirilishiga va mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning zamonaviy mexanizmini shakllantirishga xizmat qiladi.