Navoiy viloyatida “Qo‘riqlash” bo`limi xodimlari tomonidan quvurlarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 20 fevral kuni taxminan soat 14:30 larda 29 yoshli fuqaro U.S. “Navoiyazot” AJ g‘arbiy tomonidagi 3 dona, har birining uzunligi 10 metrdan umumiy uzunligi 31 metr, diametri 1.200 mm.li bo‘lgan metall quvurlarni o‘z ehtiyoji uchun, o‘zi bilan olib kelgan uskuna yordamida kesayotgan vaqtida shu hududda xizmat olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi patrul xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Aniqlangan metall quvurlarning umumiy og‘irligi 10 820 kg, umumiy qiymati 21 086 016 so‘mni tashkil etadi.
Fuqaro S.U. quvurlarni kesish uchun olib kelgan 4 dona kislorod, 1 dona propan baloni, 15 metr qora rangli shlang, 2 dona lom, 2 dona rezak, 2 dona reduktor hamda mehnat anjomlari daliliy ashyo sifatida, bayonnoma asosida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Navoiy shahar IIB tomonidan olib borilmoqda