Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Navbatdagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida 2024 yil 26 iyul kuni “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Mazkur konferensiya doirasida, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, terrorizmga qarshi kurashishda, shuningdek terrorchilik harakatlarining hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish, jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlar, mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazilayotganda hamda fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, favqulodda holat, alohida davr va terrorchilikka qarshi operatsiyalarni o‘tkazish sharoitlarida huquqiy rejimni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida aholi punktlaridagi jamoat joylarida patrullik qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarining faoliyatini takomillashtirishdagi hozirgi holati va muammolari muhokama qilindi.

Konferensiyada Respublikamizda harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’lim muassalari, Milliy gvardiya Markaziy devoni, IIV Akademiyasi, IIV Malaka oshirish institute, IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassislari ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruzachilar mavzuga oid dolzarb masalalar, muammolar va ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbirning asosiy qismida kichik mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va o‘zimizga moslashtirilishi yuzasidan takliflar muhokama etildi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarning bildirgan fikrlaridan kelib chiqqan holda, ilmiy-amaliy konferensiya davomida qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollar muhokama qilindi, fikrlar, maslahatlar, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar umumlashtirildi va ularni yechimlarini bartaraf etish yo‘llari yuzasidan kelishildi.

 

Text to speech