Navoiy viloyatida bankomat eshigini bolg‘a bilan buzishga uringan huquqbuzar qo‘lga olindi
Joriy yilning 01 fevral kuni soat 17:20 da Navoiy viloyati Xatirchi tuman “Qo‘riqlash” bo‘limiga qo‘riqlovdagi ATB "Turon bank" bankomatidan tashvish xabari kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga ko‘ra tezkor xodimlar voqea joyiga 17:22da yetib borgan. Shaxsi nomaʼlum fuqaro bolg‘a bilan bankomat eshigini ochishga urinayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan va tuman IIB tezkor tergov guruhiga topshirilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzar 25 yoshli samarqandlik N.Sh ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari tuman IIB tomonidan olib borilmoqda.