Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Navoiy viloyatida mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash, ularni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Mamlakatimizda ishsizlar sonini qisqartirish, aholiga qulayliklar yaratish, mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan chora-tadbirlar qisqa fursatlarda o‘z natijasini ko‘rsatib, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ijobiy taʼminlanmoqda. Xususan, kuni kecha Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya, Qo‘riqlash hamda Mudofaa ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi Monomarkazda bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida Qo‘riqlash xizmatiga ishga kirish istagida bo‘lgan ishsiz yoshlarga masʼul xodimlar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari xodimlarning oila aʼzolari ham mazkur yarmarkada faol ishtirok etib, viloyatdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida yetarlicha maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Taʼkidlash joizki, fuqarolar bilan bo‘lgan yakka tartibdagi suhbatlar, bu kabi yarmarkalarning davomli tashkil etilishi yosh avlod uchun o‘zlariga munosib ish o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Text to speech