Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bir kun

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi qaroriga muvofiq o‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish, shuningdek, respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yetarli bilimga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni tizimli ravishda tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 237-son qaroriga asosan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasiga, Navoiy shahrida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab biriktirilgan edi.

Hozirgi kunga qadar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maktab maʼmuriyati tomonidan bir qator ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 21-fevral kuni maktab o‘quvchilarini bir kunlik o‘quv jarayoni o‘rganildi.O‘rganish davomida o‘quvchilar bilan Saf tayyorgarligi, Balandlik ishg‘ol tayyorgarligi, Sportning kamondan otish turi bo‘yicha to‘garak faoliyati, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, harbiy estafeta, Psixologik treninglar o‘tkazish tartibi va usullari, namunali mashg‘ulotlar hamda zakovat o‘yinlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinayotganligiga guvoh bo‘lishdi. O‘quvchi yoshlar mashg‘ulotlarga faol ishtirok etib, respublika miqyosida ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda faxrli birinchi o‘rinni egallab kelishmoqda.

Text to speech